Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

UFC. Nursulton Ro‘ziboyev navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi

UFC. Nursulton Ro‘ziboyev navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Amerikaning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi UFC Fight Night turniri doirasida o‘zbekistonlik aralash jang san’ati ustasi Nursulton Ro‘ziboyev navbatdagi jangini o‘tkazdi. U mazkur kechada amerikalik tajribali sportchi Dastin Shtolsfusga qarshi oktagonga ko‘tarildi.

Uch raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi. Har ikki sportchi ham jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Shunga qaramay, Ro‘ziboyev jang davomida faolroq harakat qildi, zarbalar soni ham, aniqligi ham yaxshi raqibdan yaxshiroq bo‘ldi. Natijada hakamlar bir ovozdan g‘alabani o‘zbekistonlik MMA ustasiga berdi.

Bu Nursulton Ro‘ziboyev uchun UFC’dagi beshinchi jang hisoblanadi. U bungacha 4 marta oktagonga chiqib, 3 ta g‘alaba hamda 1 marta esa mag‘lubiyat qayd etgan edi.

Kiritildi: 10:09 18.05.2025. O'qildi: 563 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!