Bugun 18 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

UYEFA vakili Rossiyaning xalqaro musobaqalarga qaytish imkoniyatlari haqida gapirdi

UYEFA vakili Rossiyaning xalqaro musobaqalarga qaytish imkoniyatlari haqida gapirdi

UYEFA rahbari maslahatchisi Yozef Kliment Rossiyaning xalqaro turnirlarga ehtimoliy qaytishi borasida o‘z fikrini bildirdi.

«Hammamiz katta futbol oilasining bir qismimiz. Barcha mamlakatlar bir-birlariga qarshi o‘yinlarda ishtirok eta olishini istaymiz. Shu bilan birga, hozirgi vaziyatni ham tushunib turibmiz. Ayni damda biz vaziyatni o‘zgartira olmaymiz. Kutishimiz va voqealar rivoji qanday davom etishini kuzatishimiz kerak», — deya UYEFA vakilining so‘zlarini keltiradi ua.tribuna.com.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya FIFA va UYEFA qarori bilan xalqaro turnirlardan chetlatilgan. Ushbu taqiq 2022 yilning fevral oyidan beri amal qilmoqda. Diskvalifikasiya sababli Rossiya terma jamoasi faqat o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazish bilan cheklanmoqda.

Kiritildi: Bugun 13:11. O'qildi: 389 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!