Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

«Real» o‘z sobiq futbolchisi vafot etganini ma’lum qildi

«Real» o‘z sobiq futbolchisi vafot etganini ma’lum qildi

Madridning «Real» klubi sobiq futbolchisi Xose Santamariya 96 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda «qirollik klubi» matbuot xizmati rasmiy xabar berdi.

«Klubimiz chuqur ta’ziya izhor etadi. Santamariya «Real» va jahon futbolining haqiqiy afsonalaridan biridir. U Yevropa chempionlari kubogini bir necha bor qo‘lga kiritgan o‘sha mashhur jamoaning ajralmas qismi edi», — deyiladi madridliklar xabarida.

Xose Santamariyaning «Real»dagi muvaffaqiyatlari: 6 karra Ispaniya chempioni, 4 karra Yevropa chempionlari kubogi (hozirgi Chempionlar Ligasi) g‘olibi.

Bugun, 15 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan «Bavariya»ga qarshi Chempionlar Ligasi chorak final javob uchrashuvi ushbu afsonaviy himoyachi xotirasiga bag‘ishlangan motam marosimlari bilan boshlanishi kutilmoqda.

Kiritildi: 14:31 15.04.2026. O'qildi: 1446 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!