Bugun 18 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Eron AQShga tahdid qildi: Hurmuz bo‘g‘ozi to‘liq yopilishi mumkin

Eron AQShga tahdid qildi: Hurmuz bo‘g‘ozi to‘liq yopilishi mumkin

Eron AQShni Hurmuz bo‘g‘ozini butunlay yopish bilan tahdid qildi.

Tasnim axborot agentligi Islam Respublikasidagi yuqori lavozimli manbaga tayanib xabar berishicha, agar Eron portlari suv hududlariga nisbatan blokada davom etsa, Tehron keskin chora ko‘radi.

Manbaga ko‘ra, bo‘g‘oz orqali o‘tuvchi kemalar harakati ushbu hudud uchun mas’ul bo‘lgan Eron kuchlari bilan muvofiqlashtirilishi shart.

Shuningdek, barcha kemalar faqat Eron belgilagan yo‘nalishlar bo‘ylab harakatlanishi kerakligi aytilgan.

Bayonotda yana kemalar hech qanday tarzda Isroil yoki AQSh bilan bog‘liq bo‘lmasligi lozimligi ta’kidlangan.

Manbaning ma’lum qilishicha, ayni paytda bo‘g‘ozdan faqat fuqarolik kemalariga ruxsat berilmoqda. Harbiy kemalar uchun taqiq kuchda qolmoqda. Fuqarolik kemalari ham faqat Eron rasmiylari tasdiqlagan maxsus yo‘nalishlar orqali harakatlanishi mumkin.

Kiritildi: 21:18 17.04.2026. O'qildi: 725 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!