Isroil hali ham futbol sanksiyalariga duch kelishi mumkin.
The Times nashrining yozishicha, UYEFA a’zolarining aksariyati Isroil jamoalarining rasmiy musobaqalardan chetlashtirilishini qo‘llab-quvvatlamoqda. Qaror keyingi haftadayoq qabul qilinishi mumkin.
Isroil jamoalarining rasmiy xalqaro o‘yinlarsiz qolishi sababi aniq: davom etayotgan urush. Agar UYEFA tomonidan Isroilga sanksiya qo‘yilsa, milliy terma jamoa 2026 yilgi jahon chempionatiga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.
Shuningdek, Isroil klublariga UEFAning rasmiy musobaqalarida ishtirok etish taqiqlanadi.