Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismida harakat cheklanadi, deb xabar berdihttps://t.me/poytaxt_uz poytaxt hokimligi matbuot xizmati.
Aytilishicha, ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, Kichik halqa avtomobil yo‘lining Beshqayrag‘och ko‘chasidan Foziltepa ko‘chasigacha bo‘lgan qismida 21 noyabr soat 20:00 dan 24 noyabr soat 06:00 gacha bir tomonlama harakat vaqtincha cheklanadi.
Haydovchilar yo‘nalishni oldindan rejalashtirishga chaqirildi.