Bugun 30 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Uchtepada qurilish bozorining bir qismi yopildi

Uchtepada qurilish bozorining bir qismi yopildi

Toshkent shahrida joylashgan qurilish bozorining (Stroy gorod) 2-blokida faoliyat vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda FVV xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 9 fevral kuni Toshkent shahar FVBB tomonidan Uchtepa tumanida joylashgan qurilish bozorida savdo binolari va xonalari tegishli tartibda tekshirilgan.

Tekshiruvlar davomida bozorning 2-blokida yong‘in xavfsizligi qoidalarining qo‘pol ravishda buzilgani aniqlangan va kamchiliklar to‘liq bartaraf etilgunga qadar ushbu hududda ish faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

Kiritildi: 14:05 10.02.2026. O'qildi: 1040 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!