20-iyul kuni soat 12:44 da Toshkent shahar Uchtepa tumani Birlik mavzesida avtobusda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida, Toshkent shahar FVB xabar kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 12:50 da yetib borib, yong‘in soat 12:53 da o‘chirildi.
Aytilgan manzilda 18-avtosaroyga qarashli 64-raqamli avtobus yonib zararlangani aniqlandi.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.