Bugun 28 avgust, 2026 yil, juma

КИР

“Uchitel” (Muallim) Rossiya-O‘zbekiston kartinasi Qozon kinofestivalining ochilish filmi etib saylandi

“Uchitel” (Muallim) Rossiya-O‘zbekiston kartinasi Qozon kinofestivalining ochilish filmi etib saylandi


Ushbu tarixiy badiiy filmi buyuk tatar ma’rifatparvari va dinshunosi Shihabetdin Marjoniyning hayotiga bag‘ishlangan.

Film voqealari XIX asrda islom ilmi va madaniyatining asosiy markazlari bo‘lgan Buxoro va Samarqandda sodir bo‘ladi. Bu yerda Marjoniyning bolaligi, o‘qib ulg‘ayishi va olim bo‘lib yetishish davrlari o‘tgan.



Filmga Tataristondan Ramil Tuxvatullin, O‘zbekistondan Ilhom Muhammadibrohimov rejissyorlik qilgan.

Kartina Tatariston va Rossiya Madaniyat vazirliklarining subsidiyalari hamda O‘zbekiston prezidentining "Tirik tarix" loyihasi ko‘magida yaratilgan.

Kiritildi: 21:50 27.08.2026. O'qildi: 520 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!