Bugun 14 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

“Uch qahramon”dagi yong‘in bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

“Uch qahramon”dagi yong‘in bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent viloyati IIBB xabariga ko‘ra, do‘konlar joylashgan hudud 20 ming m/kv. bo‘lib, shundan 12 ming m/kv.dagi do‘konlar saqlab qolingan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan yoki halok bo‘lganlar aniqlanmagan.

Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 259-moddasi bilan jinoiy ish ochilgan va yong‘in sabablarini o‘rganish bo‘yicha tergov olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 11 avgust kuni tungi soat 02:22 lar atrofida Toshkent tumanida joylashgan Uch qahramon savdo majmuasida yong‘in kelib chiqdi. Yong‘in salkam 3 soat davom etgan.

Kiritildi: 20:27 11.08.2025. O'qildi: 909 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!