Bugun 12 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

U17 Osiyo kubogi. O‘zbekiston ochilish o‘yinida Tailandni yirik hisobda mag‘lub etdi

U17 Osiyo kubogi. O‘zbekiston ochilish o‘yinida Tailandni yirik hisobda mag‘lub etdi

Saudiya Arabistonida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati start oldi. Musobaqaning ochilish o‘yinida "A" guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Tailand terma jamoalari maydonga chiqishdi.

Islom Ismoilov shogirdlari 2-daqiqadayoq hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Sadriddin Hasanov 12 metrlardan aniq zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi. Oradan 10 daqiqa o‘tib o‘smirlarimiz ikkinchi golni urishdi. Nurbek Sarsenbayev yaqin masofadan bo‘sh qolgan darvozaga to‘pni joyladi. Har ikkala golga Sayfiddin Sodiqov assistentlik qildi.

Birinchi bo‘lim tugashiga 5 daqiqa qolganida tailandlik Silva Mekses individual mahorati evaziga bitta javob to‘pini kiritdi.

56-daqiqada esa Phurinat Pulkamlang qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Qolgan daqiqalarda jamoamiz raqib darvozasiga yana ikki marta yo‘l topdi. O‘yin tugashiga 10 daqiqa qolganida Asilbek Aliyev raqib posboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va imkoniyatdan unumli foydalangan bo‘lsa, oradan 5 daqiqa o‘tib Abubakir Shukurullayev olis masofadan zarba berib, Tailand posbonini dog‘da qoldirdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston U17 terma jamoasi Osiyo kubogi yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi. Jamoamiz 6 aprel kuni Xitoyga qarshi maydonga chiqadi.

U17 Osiyo kubogi, "A" guruhi, 1-tur
O‘ZBEKISTON - TAILAND - 4:1
Gollar: Sadriddin Hasanov (2), Nurbek Sarsenbayev (12), Asilbek Aliyev (80), Abubakir Shukurullayev (85) — Silva Mekses (40)
Chetlatish: Phurinat Pulkamlang (56)

Kiritildi: 02:26 04.04.2025. O'qildi: 1249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!