O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bugun Turkiyadagi xalqaro musobaqa — “U-17 Antalya Youth Cup” doirasida Chexiyaga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda jamoamiz 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Jamoamiz ilk hujumlardanoq raqibni qiyin ahvolga solib qo‘ydi. 15-daqiqada Sayfiddin Sodiqov imkoniyatni qo‘ldan chiqarmadi va hisobni ochdi!
Tanaffusdan keyin Chexiya jamoasi o‘yinga faolroq kirishdi va 54-daqiqada penalti orqali Petir Potmesil hisobni tenglashtirdi. Ammo terma jamoamiz bu zarbaga tezda javob qaytardi.