Fir’avn Tutanxamon kolleksiyasidagi ba’zi xazinalar yangi muzeyga ko‘chirildi.
“3 iyul kuni rasman ochilishi rejalashtirilgan Gizadagi Buyuk Misr muzeyiga 163 ta artefakt yetkazildi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Turizm va qadimiy ashyolar vaziri Sherif Fathiyning so‘zlariga ko‘ra, Tutanxamonning “oltin kolleksiyasi”dagi eksponatlarning bir qismi muzeyning rasmiy ochilishiga yakuniy tayyorgarlik ko‘rish doirasida olib kelingan. Keyin u yerga boshqa artefaktlar tashiladi.
Tashilgan eksponatlar orasida Tutanxamonning tantanali kursisi, shuningdek, tilla taqinchoqlar va marjonlarni ham bor. Tutankhamun qabri 1922 yilda Luksordagi Shohlar vodiysida ingliz arxeologi Xovard Karter tomonidan olib borilgan qazishmalar paytida topilgan .
To‘plam, jumladan, oltin niqob keyinchalik Tahrirdagi Misr muzeyida saqlandi. Tutanxamon xazinalari uchun Gizadagi yangi muzeyda alohida xona ajratiladi. Misr hukumati yangi muzeyni “tinchlik tuhfasi” deb ataydi va uning ochilishiga davlat rahbarlarini taklif qilishni rejalashtirmoqda.