Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

To‘rtko‘l tumanida “Qaratau” nomi ostida alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi

To‘rtko‘l tumanida “Qaratau” nomi ostida alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi

Departamentning To‘rtko‘l tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Anhorli” MFYda yashovchi A.D. o‘z uyining yordamchi xo‘jaligida yashirin sex tashkil qilib, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlanib, ushbu xonadondan 3 turdagi “Qaratau” nomi ostida qo‘lbola usulda tayyorlangan 3 566 dona alkogol mahsuloti, 7 925 dona aksiz marka, 297 litr spirt, 125 litr antiseptik va ishlab chiqarishda foydalaniladigan boshqa tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:20 15.07.2024. O'qildi: 824 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!