Bugun 26 noyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Turoperatorlarga turistlarni jalb qilish uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi

Turoperatorlarga turistlarni jalb qilish uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi

📆 2024 yil 1 sentyabrdan Kirish turizmi faoliyatini amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan turoperatorlarni xorijiy mamlakatlardan respublikaga turistlarni olib kelishda aylanma mablag‘ bilan ta’minlash uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan respublika tijorat banklari orqali 50 million AQSh dollari ekvivalentida milliy valyutada yillik 14 foiz stavkada kredit liniyasi ochiladi. Bunda:

- tijorat banklari tomonidan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi resurslari hisobidan ajratiladigan - - kreditlar bo‘yicha belgilangan yillik foiz stavkasi tarkibida bank marjasi 3 foizdan oshmagan miqdorda o‘rnatiladi;

- kredit mablag‘lari turoperatorlarga 2 yillik imtiyozli davr (foiz va asosiy qarzdan) bilan 10 yil muddatga ajratiladi;

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan tijorat banklariga resurslar 3 yillik imtiyozli davr bilan 12 yil muddatga ajratiladi.

Kiritildi: 15:00 02.09.2024. O'qildi: 838 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!