Bugun 8 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp bojlar tufayli fond bozorining qulashiga izoh berdi

Tramp bojlar tufayli fond bozorining qulashiga izoh berdi

AQSh prezidenti katta miqdordagi bojlar joriy etish orqali, Amerika fond bozorining qulashiga sababchi bo‘lishni istamaganini aytdi.

"Men hech narsaning qulashini xohlamayman, lekin ba’zida nimanidir tuzatish uchun dori ichishga to‘g‘ri keladi", — dedi Tramp Air Force one samolyotida jurnalistlarga.

Prezidentning aytishicha, u Xitoy bilan savdo balansidagi kamomad tufayli Qo‘shma Shtatlarga olib kiriladigan mahsulotlarga bojlar joriy qilgan.

"Biz Xitoy bilan savdo balansidagi kamomad muammosini hal qilishimiz kerak. Bizda Xitoy bilan trillion dollarlik savdo kamomadi bor, har yili savdoda Xitoyga yuzlab milliard dollar yo‘qotmoqdamiz. Bu muammoni hal qilmas ekanmiz, hech qanday kelishuvga bormayman. Men Xitoy bilan ishlashga tayyorman, lekin ular o‘zlarining profisiti muammosini hal qilishlari kerak", — deya ta’kidladi AQSh prezidenti.

Kiritildi: 11:40 07.04.2025. O'qildi: 891 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!