Bugun 17 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Turkiyalik 20 yoshli futbolchi saraton kasalligidan vafot etdi

Turkiyalik 20 yoshli futbolchi saraton kasalligidan vafot etdi

Turkiyaning "Istanbulspor" klubi o‘z tarbiyalanuvchisi, yosh himoyachi Baran Vardarning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi. Iqtidorli futbolchi uzoq davom etgan saraton xastaligi bilan kurashda hayotdan ko‘z yumdi.

Baran Vardar "Istanbulspor" akademiyasi mahsuli bo‘lib, 2024 yilning bahorida asosiy jamoa safida debyut qilishga ulgurgan edi. U hatto Turkiya grandi — "Fenerbaxche"ga qarshi bahsda ham maydonga tushgan. Biroq debyutdan ko‘p o‘tmay, unda og‘ir xastalik aniqlangan va futbolchi yashash uchun kurashni boshlab, faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan edi. Afsuski, 20 yoshli Baran bu kurashda mag‘lub bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda "Istanbulspor" Turkiya ikkinchi divizionida ishtirok etmoqda va turnir jadvalining 14-pog‘onasini egallab turibdi.

Kiritildi: 23:49 16.03.2026. O'qildi: 246 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!