Mamlakatda boyligi 30 million dollardan oshadigan o‘ta boy odamlar soni oxirgi besh yil ichida 93,5 foizga oshib, 2174 nafardan 4208 nafarga yetdi, deb yozmoqda "Ekonomim" nashri.
Taxminlarga ko‘ra, 2031 yilga borib bu ko‘rsatkich yana 13 foizga o‘sib, 4772 kishini tashkil etishi kutilmoqda. Shuningdek, mamlakatdagi milliarderlar soni ham 31 foizga ko‘payib, hozirgi 35 nafardan 46 nafarga yetishi aytilyapti.
So‘nggi besh yil ichida butun dunyo bo‘yicha o‘ta boy kishilar soni 29 foizga oshib, 551 435 nafardan 713 626 nafarga yetdi. Umumiy o‘sishning 40 foizdan ortig‘i AQSh hissasiga to‘g‘ri keladi, keyingi o‘rinda esa Xitoy bormoqda, deyiladi xabarda.