Turkiyaning Malatya shahrida 5 qavatli turar-joy binosida chiqqan yong‘in oqibatida 11 kishi tutundan zaharlandi.
Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar, tibbiyot xodimlari va polisiya yetib kelgan. Jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Yong‘in qisqa vaqt ichida o‘chirildi. Voqea holatlari aniqlanmoqda.