Istanbuldan Kappadokiyaga yo‘l olgan sayyohlar bo‘lgan avtobus Aksaray — Nevshehir trassasida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketdi. «Hürriyet» gazetasining yozishicha, hodisa oqibatida 16 kishi yengil tan jarohati olgan.
YTH Moskva vaqti bilan soat taxminan 07:00 da sodir bo‘lgan.
«Yomg‘ir sababli sirpanchiq bo‘lib qolgan yo‘lda boshqaruvni yo‘qotgan turistik avtobus ajratuvchi to‘siqqa urilib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketdi», — deyiladi xabarda.
Avtobus ichida 45 nafar yo‘lovchi, ikki nafar haydovchi va bir nafar haydovchi yordamchisi bo‘lgan.
Jabrlanganlar eng yaqin shifoxonalarga yotqizilgan, qolgan yo‘lovchilar esa boshqa avtobusda o‘z safarlarini davom ettirishdi.
Mazkur avariya holati yuzasidan tergov ishlari boshlandi.