O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi samarali hamkorlik natijasida uzoq muddat xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki nafar shaxs Turkiya hududida aniqlanib, qo‘lga olindi hamda O‘zbekistonga qaytarildi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan qidiruvda bo‘lgan M.B. Turkiyada yashirinib yurgan vaqtida aniqlanib, tegishli tartibda O‘zbekistonga qaytarildi.
Shuningdek, Jinoyat kodeksining 104-moddasi bilan qidiruvda bo‘lgan J.B. ham Turkiya hududida qo‘lga olinib, qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekistonga topshirildi.
Mazkur shaxslar tergov va sud jarayonlarini davom ettirish uchun vakolatli organlarga topshirildi.
O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi yaqin hamkorlik jinoyatchilikka qarshi kurashish, qidiruvdagi shaxslarni aniqlash hamda ularning javobgarlikdan qochib yurishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida izchil davom etmoqda.