Ilon Mask SpaceX aksiyalari savdosi boshlangach rasman tarixdagi ilk dollardagi trillionerga aylandi.
Bu holat SpaceX aksiyalari Nasdaq birjasida savdoga qo‘yilganidan so‘ng darhol yuz berdi.
Bloomberg hisob-kitoblariga ko‘ra, aksiyalar narxi 150 dollar atrofida bo‘lganda Maskning umumiy boyligi 1,05 trillion dollarga yetgan. Bu summaning yarmidan ko‘prog‘i uning SpaceX'dagi ulushiga to‘g‘ri keladi, qolgan qismi esa Tesla, Neuralink, The Boring Company va boshqa aktivlardan iborat.
SpaceX'ning umumiy bozor qiymati 2 trillion dollardan oshdi (IPO doirasidagi dastlabki baholash 1,77 trillion dollar edi).