Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma

КИР

“Tolibon” polisiyasi namoyishchilarga qarshi kuch ishlatdi

“Tolibon” polisiyasi namoyishchilarga qarshi kuch ishlatdi

“Tolibon” polisiyasi ayollarning “ahloq me’yorlarga nomunosib” kiyingani uchun hibsga olinishiga qarshi norozilik namoyishlarini tarqatish uchun o‘t ochdi.

“Tolibon” xavfsizlik kuchlari Afg‘onistonning Hirot shahrida norozilik namoyishini tarqatish uchun haqiqiy o‘q-dorilardan foydalangan. Guvohlar va namoyishchilarning NBC'ga xabar berishicha, qat’iy islomiy kiyinish qoidalarini buzganlikda ayblangan ayollar ommaviy hibsga olinganidan keyin mahalliy aholi ko‘chalarga chiqqan.

Mahalliy tibbiy xizmat xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, to‘qnashuvlar paytida kamida ikki kishi halok bo‘lgan, ammo ular o‘limning aniq sababini aytilmagan. Yana bir nechta namoyishchi turli darajadagi jarohatlar olgan.

Hirot polisiyasi qurbonlar haqidagi xabarlarni rad etdi, ammo kuch ishlatilganini tan oldi. BBC'ga bergan bayonotida xavfsizlik kuchlari xodimi "xavfsizlikni ta’minlash va jamoat tartibini saqlash uchun tezkor choralar ko‘rilganini" ta’kidladi. Biroq u namoyishni tarqatish uchun qanday usullar qo‘llanganiga aniqlik kiritishdan bosh tortdi va jurnalistlarning o‘qotar qurollardan foydalanilgani haqidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri savollarini e’tiborsiz qoldirdi.

"Xavfsizlik kuchlari namoyishni tarqatish uchun tayoq, qamchi va o‘qotar qurollardan foydalandi. Ular hatto havoga o‘q uzishdi. Shaxsan men odamlarning yaralanganini ko‘rdim. Ko‘chalarda qo‘rquv hukmronlik qilmoqda", — dedi voqea guvohlaridan biri.

Kiritildi: Bugun 20:24. O'qildi: 340 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!