Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Qatar amiri Trampning Eron bo‘yicha bayonotini tasdiqladi

Qatar amiri Trampning Eron bo‘yicha bayonotini tasdiqladi

Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy va AQSh prezidenti Donald Tramp telefon orqali muloqot qilib, Vashington va Tehron o‘rtasidagi muzokaralar natijalarini muhokama qildi.

Qatar tomoni ma’lum qilishicha, suhbat chog‘ida Eron bilan kelishuv bo‘yicha erishilgan yutuqlar ko‘rib chiqilgan. Tramp muzokaralar davom etayotgani va hujjatni imzolash oldidan so‘nggi tartib-taomillar yakunlanayotganini bildirgan.

Bu Qatar tomonidan Trampning AQSh va Eron o‘rtasidagi ehtimoliy kelishuv bo‘yicha avvalgi bayonotlariga berilgan ilk rasmiy tasdiq hisoblanadi. Shu bilan birga, Eron hali kelishuv matni to‘liq kelishilganini rasman tasdiqlamagan.

Kiritildi: Bugun 21:23. O'qildi: 381 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!