Turkiyaning Mug‘la viloyatida Egey dengizi sohillarida kichik qayiq cho‘kib ketdi.
TRT Haber telekanali xabar berishicha, bortda 8 kishi bo‘lgan.
Ulardan olti nafari qirg‘oqqa suzishga muvaffaq bo‘lgan. Ikki bola bedarak yo‘qolgan, ularni qidirish davom etmoqda.
Mug‘la gubernatori Idris Akbyik, qidiruvga 1 vertolyot, 3 qayiq va 2 g‘avvos guruhi jalb qilinganini ma’lum qildi.