Samsunda ovqatdan zaharlanganlar soni 133 nafarga yetdi.
Haber Global xabariga ko‘ra, sanoat zonasida joylashgan 10 ta zavod ishchilari tovuq go‘shtidan zaharlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, xuddi shu oziq-ovqat shoxobchasida tushlik qilgan ishchilar zaharlanish alomatlari bilan shifoxonalarga murojaat qilgan.
Jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan. Ularni davolash davom etmoqda.