Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Turkiyada oilaviy mojaroni tinchlantirmoqchi bo‘lgan polisiyachi halok bo‘ldi

Turkiyada oilaviy mojaroni tinchlantirmoqchi bo‘lgan polisiyachi halok bo‘ldi

Turkiyaning Eskishexir viloyati Mixalichchik tumanida polisiya katta serjanti o‘z xizmat vazifasini bajarayotganda qurolli hujum oqibatida halok bo‘ldi.

Polisiyaga tumanning Narli mahallasida oilaviy mojaro yuzaga kelgani haqida xabar kelib tushgan.

Polisiya katta serjanti Mexmet Demirbash guruh tarkibida voqea joyiga yuborilgan. U oilasiga ov miltig‘i bilan tahdid qilayotgan erkakka yaqinlashmoqchi bo‘lganida, u polisiyachiga qarata o‘q uzgan. Polisiya xodimi kasalxonaga yetkazilgan bo‘lsa-da, vafot etgan.

Hujumchi mahalla oqsoqoli Mutlu Shahin va yana bir polisiya xodimini ham yaralagan. U boshqa polisiyachilar tomonidan zararsizlantirilgan.

Kiritildi: 18:14 11.07.2026. O'qildi: 1262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!