Bugun 17 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Turkiyada ikki ishchi 3 tonnalik metall qatlam ostida qolib, halok bo‘ldi

Turkiyada ikki ishchi 3 tonnalik metall qatlam ostida qolib, halok bo‘ldi

Turkiyaning Qirqqal’a viloyati, Yaxshixon tumanidagi sanoat hududida sanoat uskunalari ishlab chiqaruvchi zavodda uch tonnalik metall list ostida qolib ketgan ikki ishchi halok bo‘ldi.

Haber Global xabar berishicha, halok bo‘lganlar 56 yoshli Mutlu Atay va 58 yoshli Tekin Omaydir.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ishchilar payvandlash ishlarini bajarish uchun kompressor qozoni ichiga tushishgan va metallning uch tonnalik listi siljib ketgan paytda uning ostida qolib ketishgan.

Hodisa yuzasidan tergov olib borilmoqda, voqeaning sabablari aniqlanmoqda.

Kiritildi: 07:00 29.11.2025. O'qildi: 1316 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!