Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi.
Mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar qilishicha, Turkiya Buyuk Millat Majlisi (parlament) shu maqsadda qonun loyihasini qabul qilgan.
Onlayn nashrlarni tartibga solish va nashrlar orqali sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunda "onlayn o‘yinlar", "o‘yin tarqatuvchilari", "o‘yin ishlab chiquvchilari" va "o‘yin platformalari" atamalari ta’riflangan.
Konstitusiyaviy sud tomonidan bekor qilingan "nashrlardan kontentni olib tashlash va kirishni blokirovka qilish" moddasi o‘zgartirildi. Shunga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq operatorlariga 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga xizmat ko‘rsatish taqiqlangan va bunday xizmatlarning oldini olish uchun yoshni tekshirish kabi zarur choralarni ko‘rish talab etiladi.