Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va uning amerikalik hamkasbi Donald Tramp telefon orqali suhbatlashib, mintaqaviy va global masalalarni muhokama qildi.
Bu haqda Turkiya rahbari ma’muriyatining Kommunikasiyalar boshqarmasi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilindi.
Ikki davlat rahbarlari o‘zaro munosabatlarni ham muhokama qilgan.
Erdo‘g‘on Turkiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish hamda barcha sohalardagi hamkorlikka yangi sur’at bag‘ishlash niyatida ekanini bildirgan.
Qayd etilishicha, Makka kelishuvi doirasida Hurmuz bo‘g‘ozi va Yamandagi jarayonlar diqqat bilan kuzatib borilmoqda. Muammolarni diplomatik yo‘l bilan hal etish uchun zarur sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, Anqara Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi diplomatik jarayonni faollashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekani bildirilgan.