Rossiya va Ukraina bir-biriga qarshi turish va urushni davom ettirish qobiliyatiga ishora qilmoqda.
Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan TRT Haber telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya va Ukrainani umumiy murosaga keltirish zarur.
Vazirning ta’kidlashicha, asosiy muammo Rossiya tomonidan bosib olingan Donesk hududlaridagi vaziyat bo‘lib qolmoqda:
"Rossiya bundan buyon ham olg‘a siljishni istaydi, Ukraina esa hozirgi vaziyatdan voz kechmaydi", - deya ta’kidladi u.