Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bilan bog‘liq muammoni yaqin orada hal qilish mumkinligini ma’lum qildi.
Shu bilan birga, u bo‘g‘ozni tartibga solish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkinligini istisno etmadi.
«Ho‘rmuz bo‘g‘ozining ochilishi bilan bog‘liq muammolar bo‘lmaydi, deb hisoblayman», — dedi u Anadolu agentligiga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kelajakda o‘zaro kelishuvlarga erishish imkoniyati mavjud.
Fidan keyingi bosqich yangi qoidalar masalasi bo‘lishini ta’kidladi.
«Boshqa bir vaziyat yuzaga keladi — bu bo‘g‘ozni tartibga solish bilan bog‘liq», — deya ta’kidladi vazir va ko‘p narsa Eronning tashabbuslariga bog‘liq bo‘lishini qo‘shimcha qildi.