Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Turkiya TIV: AQShning Eronga qilgan hujumi mojaroning kengayishiga olib kelishi mumkin

Turkiya TIV: AQShning Eronga qilgan hujumi mojaroning kengayishiga olib kelishi mumkin

Anqara AQShning Eronning yadroviy ob’ektlariga qilgan havo zarbalari oqibatidan xavotirda. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vazirligi (TIV) bayonotida qayd etilgan.

Vazirlikda ta’kidlanishicha, yuz bergan voqea Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaroning kengayish xavfini oshirgan. Turkiya TIV Anqara doimiy ravishda mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirish va mojaroning tarqalishi tahdidiga e’tibor qaratganini eslatdi. Bu mojaro Isroilning agressiyasi bilan boshlangan edi.

Bayonotda vaziyat rivoji mintaqaviy mojaroni global darajaga olib chiqishi mumkinligi ta’kidlangan. Bu “falokatli ssenariy” amalga oshishining mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmasligiga urg‘u berilgan.

Turkiya TIV barcha manfaatdor tomonlarni “mas’uliyat bilan harakat qilishga, o‘zaro zarbalarni darhol to‘xtatishga va yanada ko‘proq inson o‘limi hamda vayronagarchilikka olib keladigan qadamlardan voz kechishga” chaqirdi.

Kiritildi: 16:48 22.06.2025. O'qildi: 2079 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!