Turkiya yaqin kelajakda dunyodagi mudofaa mahsulotlarini eksport qiluvchi yetakchi o‘nta davlatdan biriga aylanishi mumkin. Rajab Toyyib Erdog‘an bu haqda BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi doirasidagi "100 yillik do‘stlik: Turkiya — AQSh" tadbirida ma’lum qildi.
«Turkiya o‘zining mudofaa sanoatidagi yutuqlari va qadamlari bilan nafaqat o‘z mintaqasida, balki jahon miqyosida ham talabgir o‘yinchiga aylandi,» - dedi u.
Erdo‘g‘on 20 yil oldin Turkiya atigi 248 million dollarlik qurol-yarog‘ eksport qilganini, hozir esa bu ko‘rsatkich 10 milliard dollardan oshganini eslatdi. So‘nggi besh yil ichida mamlakatning global mudofaa mahsulotlari eksportidagi ulushi 120 foizdan ko‘proqqa oshdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy uskunalar va innovasiyalar tufayli turk kompaniyalari AQShga sarmoya kiritish imkonini beruvchi darajaga yetdi.
Avvalroq mamlakat vise-prezidenti Javdat Yilmaz ham Turkiyaning dunyodagi mudofaa mahsulotlarini eksport qiluvchi davlatlar orasida birinchi o‘ntalikka kirish niyatini bildirgan edi. U o‘shanda mamlakat hozirda 11-o‘rinda ekanligini ta’kidlagan edi.
Shuningdek, u AQSh bilan hamkorlikni, jumladan, qo‘shma ishlab chiqarishni kengaytirish ikki davlat uchun ham manfaatli ekanini ta’kidladi.