Bugun 18 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Turkiya tashqi ishlar vaziri Iroq bosh vaziri bilan uchrashdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Iroq bosh vaziri bilan uchrashdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan 17 oktyabr kuni Iroq bosh vaziri Ali az-Zaydiy bilan uchrashdi. Uchrashuv Bag‘dodda Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Tashqi ishlar vazirlari kengashining 52-yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Diplomatik manbalar ma’lumotiga ko‘ra, Hoqon Fidan Iroqdagi uchrashuvlar davomida bir qator yuqori martabali rasmiylar bilan muloqot o‘tkazgan.

Jumladan, Turkiya tashqi ishlar vaziri Iroq Vakillar palatasi raisi Haybat Halbusiy, «Hashd ash-Sha’biy» komissiyasi raisi Falih Fayyoz hamda Iroq davlat vaziri, Iroq Turkman fronti raisi Mehmet Seman Og‘ao‘g‘li bilan uchrashgan.

Shuningdek, Hoqon Fidan Iroqqa tashrifi davomida Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchӣ bilan ham muzokara o‘tkazgan.

Bundan tashqari, 17 oktyabr kuni Iroq prezidenti Nizor Amediy Hoqon Fidanni qabul qilgan.

Kiritildi: Bugun 09:15. O'qildi: 271 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!