Bugun 25 noyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Turkiya Superligasi. Shomurodov liga to‘purariga aylangan bahsda "Bashakshehir" 101 daqiqadagi gol evaziga mag‘lub bo‘ldi (VIDEO)

Turkiya Superligasi. Shomurodov liga to‘purariga aylangan bahsda "Bashakshehir" 101 daqiqadagi gol evaziga mag‘lub bo‘ldi (VIDEO)

Turkiya chempionati 13-turidan o‘rin olgan "Istanbul Bashakshehir" - "Trabzonspor" uchrashuvida 4:3 hisobida mehmonlar g‘alaba qozondi.

10-daqiqadayoq mezbonlar himoyachisi Festi Ebosele qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 22-daqiqada Devi Zeke penaltidan gol urib, "Bashakshehir"ni hisobda oldinga olib chiqdi. 37-daqiqada Filipe Augusto muvozanatni tiklangan bo‘lsa, 45-daqiqada hamyurtimiz Eldor Shomurodov mezbonlarning ikkinchi golini urdi.

76 va 77-daqiqalarda Pol Onuachu (penaltidan) hamda Ernest Muchi gollari evaziga mehmonlar hisobda oldinga o‘tib olishdi.

Bergut Ozgyur 90+1-daqiqada "Bashakshehir"ning 3-golini kiritdi. O‘yin durangga qarab yakunlanayotgan vaqtda Ernest Muchi (90+10)-daqiqada dahshatli zarbasi bilan darvozani ishg‘ol qilib, "Trabzonspor"ga g‘alaba keltirdi.

"Bashakshehir" 13 ochko bilan 13-o‘rinda qoldi. "Trabzonspor" 28 ochko bilan 3-pog‘onada.

Ushbu bahsda gol kiritgan Shomurodov va Onuachular 9ta to‘p bilan liga to‘purarlariga aylanib olishdi.

Turkiya chempionati. 13-tur
24 noyabr, 22:00
Bashakshehir - Trabzonspor - 3:4
Gollar: 22 - 1:0, Devi Zelke (penaltidan), 37 - 1:1, Filipe Augusto (Eskixellan), 45 - 2:1, Eldor Shomurodov (Onur Bulut), 76 - 2:2, Pol Onuachu (penaltidan), 77 - 2:3, Ernest Muchi (Arseniy Batagov), 90+1 - 3:3, Bertyug Ozgyur (Nuno da Koshta), 90+10 - 3:4, Ernest Muchi (Arseniy Batagov)
Qizil kartochka: 10 - Festi Obesele ("Bashakshehir").

Kiritildi: Bugun 09:06. O'qildi: 435 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!