Bugun 22 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

JCH–2026 pley-off uchrashuvlari uchun qur’a tashlandi. Juftliklar bilan tanishing

JCH–2026 pley-off uchrashuvlari uchun qur’a tashlandi. Juftliklar bilan tanishing

Kecha Syurix shahrida Jahon chempionati–2026 saralash bosqichining pley-off uchrashuvlari uchun qur’a tashlandi.

Evropa pley-off bosqichida qatnashadigan jamoalar quyidagilardir: Italiya, Ukraina, Kosovo, Polsha, Daniya, Turkiya, Uels, Slovakiya, Chexiya, Albaniya, Bosniya va Gersegovina hamda Irlandiya. Ushbu jamoalar o‘z guruhlarida ikkinchi o‘rinni egallagan.

Shuningdek, Millatlar ligasida eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega to‘rt jamoa – Ruminiya, Shvesiya, Shimoliy Irlandiya va Shimoliy Makedoniya ham pley-offda ishtirok etadi.

Jami 16 jamoa to‘rtta pley-off yo‘liga ajratildi. Har bir yo‘lda to‘rttadan jamoa ishtirok etadi. Pley-off bosqichi yarim final (bir o‘yin) va final (bir o‘yin) formatlarida o‘tkaziladi.

Aynan shu uchrashuvlar Yevropa qit’asidan Jahon chempionati–2026ning so‘nggi to‘rt ishtirokchisini aniqlab beradi.

Juftliklar bilan tanishing.

JCH–2026 pley-off uchrashuvlari uchun qur’a tashlandi. Juftliklar bilan tanishing

Kiritildi: 11:07 21.11.2025. O'qildi: 891 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!