Britaniyaning "The Economist" nashri Ukraina tinchlik rejasi borasida Rubio va Vens o‘rtasidagi ziddiyat haqida yozmoqda.
Nashrning yozishicha, vise-prezident Vens rejaning qattiqqo‘l variantini ilgari surgan: u Zelenskiyga o‘zi qo‘ng‘iroq qilgan, uning kursdoshi, armiya vaziri Driskoll esa shartlarni Kiyevga shaxsan yetkazgan.
Davlat kotibi Rubio vaziyatni tuzatishga va ukrainaliklar bilan kelishishga uringan. Avvaliga u bu ishdan go‘yoki bexabar bo‘lgan, senatorlarni bu «Rossiya rejasi» ekanligiga ishontirgan, ammo bir necha soat o‘tgach fikrini o‘zgartirib, "X" ijtimoiy tarmog‘ida bu hujjat AQSh tomonidan ishlab chiqilganini yozgan.