Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligidan koronavirusdan saqlanishning 14 qoidasi 

Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligidan koronavirusdan saqlanishning 14 qoidasi 

Turkiyada yashovchi vatandoshlarimiz, o‘z yurtdoshlarini koronavirus zararlaridan ogohlantirish uchun Tukriya SSV tomonidan e’lon qilingan quyidagi tavsiyalarni turk tilidan tarjima qilishdi.

1. Qo‘llaringizni tez-tez suv va sovun bilan kamida 20 soniya davomida ishqalab yuving.

2. Shamollash alomatlari ko‘ringan odamlardan kamida 3-4 qadam uzoq turing.

3. Yo‘talganingizda og‘iz va burunni bir marta ishlatiladigan qog‘oz ro‘molcha bilan yoping yoki tirsakning ichki qismi bilan to‘sing.

4. Qo‘l berib yoki quchoqlashib ko‘rishmang.

5. Qo‘llaringizni ko‘zingiz, og‘izingiz va burningizga tekizmang.

6. Chet elga safar qilmang yoki safaringizni kechiktiring.

7. Chet eldan qaytganingizda ilk 14 kunni uyda o‘tkazing.

8. Xonalarni tez-tez shamollatib turing.

9. Liboslaringizni 60-90 S da kir yuvish kukini bilan yuving.

10. Eshik tuqichlari kabi tez-tez ishlatadigan joy, jihoz va anjomlarni har kun tozalang, dizinfeksiya qiling.

11. Agar sizda shamollash alomatlari ko‘rinsa, keksa va surunkali kasallikka chalinganlar bilan aloqa qilmang, niqob taqmasdan tashqariga chiqmang. O‘zingizni karantinga oling, mehmon qabul qilmang.

12. Sochiq va boshqa gigiyenik vositalaringizdan faqat o‘zingizgina foydalaning.

13. Ko‘proq suv iching, tartibli ovqatlaning, uyqu me’yoringizga diqqat qarating.

14. Agar sizda isitma, yo‘tal va nafas qisilishi kabi holatlar paydo bo‘lsa, niqob taqib, darhol tibbiy yordamga murojaat qiling.

Turkchadan Muhiddin Qudrat o‘g‘li tarjimasi

Kiritildi: 14:05 26.03.2020. O'qildi: 2619 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!