Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Turkiya qulay xalqaro va mahalliy parvozlari bilan yozgi sayohatlar uchun yetakchi yo‘nalishga aylanmoqda

A A A
Turkiya qulay xalqaro va mahalliy parvozlari bilan yozgi sayohatlar uchun yetakchi yo‘nalishga aylanmoqda

Yozgi ta’tilda har bir daqiqa qadrli. Bugungi sayohatchilar manzilga tez, qulay va ortiqcha ovoragarchiliksiz yetib borishni tobora ko‘proq qadrlamoqda. Chunki yo‘lda kamroq vaqt sarflash ta’tildan ko‘proq zavq olish imkonini beradi.

Qulaylik va tezkorlik sayohat tajribasining muhim mezoniga aylanayotgan bir paytda, manzilga yetib kelish jarayoni ham alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, yozgi mavsumda ko‘plab yirik aeroportlarda uzun navbatlar odatiy holga aylangani bu masalani yanada dolzarb qiladi.

Jahon sayohat va turizm kengashi (WTTC)ning buyurtmasi asosida o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, yangi Kirish/Chiqish tizimi (EES) va biometrik chegara tekshiruvlari natijasida uch-to‘rt soatlik kutish holatlari sayohatchilarning uchdan bir qismini Shengen hududiga safar qilishdan qaytarishi mumkin.

Ana shunday vaziyatda Turkiya tez, qulay va ortiqcha ovoragarchiliksiz yetib borish mumkin bo‘lgan yo‘nalish sifatida ajralib turadi. Dunyoning yirik markazlari bilan yo‘lga qo‘yilgan keng to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar tarmog‘i va samarali chegara tartiblari mehmonlarga kutishga kamroq vaqt sarflash, kelgan zahotiyoq Turkiyaning boy va rang-barang yozgi ta’til imkoniyatlaridan bahramand bo‘lish imkonini beradi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz va navbatlarsiz sayohat

Xalqaro sayohatchilar uchun Turkiyaning muhim afzalliklaridan biri — mamlakatning barcha yetti mintaqasini qamrab olgan keng va qulay aeroportlar tarmog‘idir. Zamonaviy infratuzilma, yuqori sifatli xizmat va turklarga xos samimiy mehmondo‘stlik uyg‘unligi Turkiya aeroportlarida mehmonlarni ilk qadamdanoq iliq taassurot bilan kutib oladi.

Mamlakatning yirik metropolisi Istanbulda ikki aeroport xizmat ko‘rsatadi. Shu bilan birga, Turkiyaning boshqa mashhur yo‘nalishlariga ham yetib borish oson. Egey mintaqasining durdonalari — Izmir va Mug‘la, Turk Riviyerasining yorqin manzili Antaliya, shuningdek, tarixiy poytaxt Anqaradagi zamonaviy aeroportlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchish mumkin. Bu aeroportlar tezkor xizmat ko‘rsatish tizimi va ichki yo‘nalishlarga qulay ulanish imkoniyati bilan ajralib turadi.

Kappadokiyaning betakror manzaralari, jumladan, mashhur “peri mo‘rilari”ga ham yaqina eroportlar orqali oson yetib borish mumkin. Shu bois Turkiyaning sayyohlik maskanlari sayohatchilar uchun uzoq va mashaqqatli yo‘l emas, balki qisqa, qulay va zavqli safarga aylanadi.

Turkiyaning yirik aeroportlari, ayniqsa Istanbul va Antaliyadagi havo bandargohlari, dunyoning yetakchi aviamarkazlari bilan muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni amalga oshiradi. Bunday qulay bog‘lanishning eng yorqin namunasi Istanbul aeroportidir. U 31-may kuni bir sutkada1 730 ta parvoz harakatiga xizmat ko‘rsatib, ochilganidan buyon eng yuqori kunlik ko‘rsatkichni qayd etdi. Keng terminal imkoniyatlari, samaraliish jarayoni va yo‘lovchilar qulayligiga yo‘naltirilgan dizayni tufayli Istanbul aeroporti yo‘lovchilar oqimining ravon harakatlanishini ta’minlaydi. Bu esasayohatchilarga ta’tilni ortiqcha kutishlarsiz, xotirjam va qulay tarzda boshlash imkoniniberadi.

Har qadamda qulay bog‘lanish

Turkiyaning ko‘plab aeroportlari yirikxalqaro aviamarkazlar bilan ham to‘g‘ridan-to‘g‘riparvozlar orqali bog‘langan. Xususan, yozgimavsumda Izmir, Mug‘la va Antaliya aeroportlarigayevropaning turli shaharlaridan amalgaoshiriladigan bevosita qatnovlar soni sezilarlidarajada ortadi.

Kun davomida bir nechta parvozningmavjudligi va yo‘lning odatda uch-to‘rt soatatrofida davom etishi Turkiyani hatto qisqamuddatli, kutilmaganda rejalashtirilgansayohatlari uchun ham qulay yo‘nalishgaaylantiradi. Bunga mamlakatning iliq O‘rta yerdengizi iqlimi ham qo‘shimcha ustunlik beradi: Turkiyada yozgi mavsum sentyabr va oktabroylarigacha davom etadi. Bu esa sayohatchilargadengiz bo‘yidagi ta’tildan yanada uzoqroqbahramand bo‘lish imkonini yaratadi. Ushbumanzillar Moviy bayroqli plyajlari, musaffosuvlari va dayving kabi unutilmas taassurotlari bilan yozgi ta’tilni davom ettirishni istaganlar uchun jozibali tanlov bo‘lib qolmoqda.

Turkiya aeroportlarining yana bir muhim afzalligi — shahar markazlari bilan qulay transport aloqasiga ega ekanidir. Sayohatchilar aeroportdan shaharga tez va oson yetib borish uchun avtobus hamda metro kabi jamoat transporti vositalaridan foydalanishlari mumkin. Tez va erkin harakatlanishni istaganlar uchun taksilar qulay tanlov bo‘lsa, aeroportdan qatnovchi maxsus xizmatlar shaharning asosiy nuqtalariga bevosita va ishonchli yetib borishni ta’minlaydi.

Kiritildi: 10:25 14.07.2026. O'qildi: 779 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!