Izmir viloyatida Egey dengizi bo‘ylab muhojirlarni olib ketayotgan rezina qayiqning dvigateli buzilishi tufayli boshqaruv yo‘qotildi. Qirg‘oq qo‘riqlash xizmati tezkorlik bilan kelib, 37 nafar kishi, shu jumladan 10 nafar bolani xavfsiz joyga evakuasiya qildi. Shuningdek, noqonuniy tashishni tashkil qilganlikda gumon qilingan bir kishi qo‘lga olindi. Qutqarilgan muhojirlar Izmir viloyati migrasiya boshqarmasiga topshirildi.