Turkiya Navro‘z bayramini rasman bayram sifatida tan olishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan keyingi nutqida ma’lum qildi.
U Navro‘z bayrami Turkiyada alohida ishtiyoq bilan nishonlanishini ta’kidladi: "Navro‘z bayrami rasman bayram sifatida nishonlanishini istaymiz" - dedi Erdo‘g‘on.
Turkiya davlati rahbari ham Navro‘z bayramini nishonlayotgan mamlakatlarni yana bir bor tabrikladi.