Bu voqea sud partiya yetakchisi O‘zgur O‘zelni lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilganidan bir necha kun o‘tib sodir bo‘ldi.
Mahalliy ommaviy axborot vositalari Jumhuriyat xalq partiyasi (CHP) a’zolari barrikadalar qurib, binoga kirish joylarini to‘sib qo‘ygani, polisiya esa ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llaganini xabar qildi.
Avvalroq sud partiyaning 2023 yilda bo‘lib o‘tgan qurultoyi natijalarini haqiqiy emas deb topgan va sobiq rahbar Kamol Qilichdoro‘g‘lini lavozimiga qaytarish haqida qaror chiqargandi. Sud qaroriga ko‘ra, amaldagi rahbar O‘zgur O‘zel o‘z vakolatlarini topshirishi kerak edi.
Turkiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, keyinchalik O‘zel partiya shtab-kvartirasi binosini tark etgan.
"Ular shtab-kvartiramizga bostirib kirishdi, ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llashdi, bizni kaltaklashdi, partiya binosini talon-toroj qilishdi va bizni haydab chiqarishdi. Turkiya zamonaviy demokratik respublika bo‘lishdan to‘xtadi va avtoritar rejimga aylandi", — dedi O‘zgur O‘zel.