“Toza havo” umummilliy loyihasi doirasida har oyning 10 va 25-sanalari “Avtomobilsiz kun” sifatida o‘tkaziladi.
Farmonga ko‘ra, ushbu kunlarda davlat tashkilotlari va idoralari xodimlariga xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.
Talabni buzgan xodimlarga nisbatan intizomiy chora qo‘llanishi mumkin.
Shuningdek, aksiya ish kuniga to‘g‘ri kelganda haydovchilarning ish haqi saqlab qolinadi.