Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Mourinyo "Real"da dastlab Mbappega raqobatchi olib kelmoqchi

Mourinyo "Real"da dastlab Mbappega raqobatchi olib kelmoqchi

Joze Mourinyo kelasi mavsumdan boshlab "Real Madrid" bosh murabbiyi sifatida qayta ishga qaytish arafasida.

"The Special One" (O‘ziga xos murabbiy) jamoaga qaytgan taqdirda tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Xabarlarga ko‘ra, u hujum chizig‘ini mustahkamlash uchun yozgi transfer oynasida yangi forvard olib kelishni maqsad qilgan. Hozircha ehtimoliy nomzodlar nomi oshkor etilmagan.

Ispaniya chempionati yakuniga ko‘ra, madridlik klub turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egalladi. So‘nggi turda "Real Madrid" o‘z maydonida "Atletik Bilbao" ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

La Liga mavsumi shu tariqa yakunlandi.

Kiritildi: 20:34 24.05.2026. O'qildi: 1859 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik