Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Boks. Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lub bo‘ldi

Boks. Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lub bo‘ldi

Professional boksning yarim o‘rta vazn toifasi vakili Shahram G‘iyosov o‘zi singari chempionlik uchun da’vogar bo‘lgan Jek Katteralga qarshi ringga ko‘tarildi. WBA Regular kamari uchun kechgan bahs to‘liq davom etdi va unda o‘zbekistonlik bokschi 118-109, 119-108, 116-111 hisobida imkoniyatni boy berdi. U birinchi raundda nokdaun holatiga ham tushib qoldi.

Katteral jami 551 ta zarbadan 219 tasini (40 foiz) aniq yo‘llagan bo‘lsa, G‘iyosov 366 ta zarbadan atigi 78 tasini (21 foiz) raqibga tegdi. Kuchli zarbalar bo‘yicha ham Katteral katta ustunlikka ega bo‘ldi — 98 ga 55.

Shu tariqa, Shahram G‘iyosov professional boksdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Uning hisobida, shuningdek, 17 g‘alaba (10 nokaut) mavjud bo‘lib, so‘nggi bor 2025-yil aprel oyida Franko Okamponi to‘rtinchi raundda nokautga uchratgan edi.

Kiritildi: Bugun 12:23. O'qildi: 289 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!