Turkiya markaziy banki yakshanba kuni muxolifatdagi Istanbul meri Ekrem Imomo‘g‘luning hibsga olinishi munosabati bilan mamlakat bank rahbarlari bilan uchrashadi.
Bu haqda Sözcü telekanali xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yig‘ilishda o‘tgan chorshanba kuni Imomo‘g‘lu hibsga olinganidan so‘ng keskin qadrsizlana boshlagan milliy valyuta turk lirasini barqarorlashtirish choralarini muhokama qilish rejalashtirilgan. Habertürk telekanalining da’vo qilishicha, Turkiya Markaziy banki uch kun ichida lirani qo‘llab-quvvatlash uchun 26 milliard dollar sotgan.
Avvalroq Istanbul jinoyat sudi Imomo‘g‘luni korrupsiyada ayblanib, ehtiyot chorasi sifatida hibsga olishni tanlagani xabar qilingandi. U shuningdek, terrorizmga yordam berishda ayblangan. Mer bilan birga yana bir necha o‘nlab odamlar, jumladan, shahar meriyasining yuqori martabali amaldorlari ham hibsga olingan. Ayrim gumonlanuvchilar sud nazorati ostida yoki garov evaziga qo‘yib yuborildi. Jami 92 nafar shaxs korrupsiya va terrorizmga aloqador.