Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy vazirlik va unga qarashli muassasalarning 2024 yilgi budjeti to‘g‘risidagi ma’lumotni Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) ning Reja va xisobot komissiyasida taqdim etdi.
Ersoy 2022 yilda mamlakatga tashrif buyurganlar soni o‘tgan yilga nisbatan 71 foizga oshib, 51,4 million kishiga yetganini ma’lum qildi. Shuningdek, 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida mamlakatimizga tashrif buyurganlarning umumiy soni 45,2 million kishini tashkil etdi.
"Aholi soni ortgani kabi, turizmdan ham daromadlar ortib bormoqda. 2017 yil so‘ngida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan tungi daromad 65 dollarni tashkil etgan. Ushbu ko‘rsatkich 2022 yilda 89 dollarga, 2023 yilning 9 oyida esa 100 dollarga oshgan. Bu 2017 yilga nisbatan 55 foizga yuksalganidan dalolatdir. Bizning turizm daromadimiz 9 oyda 42 milliard dollarni tashkil etdi, bu o‘rta muddatli rejadagi 55,6 milliard dollarga mutanosib tarzda borayotganini anglatadi”, dedi Ersoy.