Vengriya razvedkasi Zakarpateda aholining, agar Vengriya Qurolli Kuchlari mintaqaga kirib kelsa, qanday munosabatda bo‘lishi haqida ma’lumot to‘plagan.
Ukraina Xavfsizlik Xizmati mamlakat tarixida birinchi marta Kiyevga qarshi ayg‘oqchilik qilgan Vengriya harbiy razvedkasining agentlik tarmog‘i fosh etilganini ma’lum qildi.
Ushbu guruhning vazifasi Zakarpat viloyatining harbiy mudofaa imkoniyatlari haqida ma’lumot to‘plash, mintaqaning quruqlik va havo mudofaasidagi zaif joylarini aniqlash, shuningdek, mahalliy aholining ijtimoiy-siyosiy qarashlarini o‘rganish edi. Xususan, Vengriya qo‘shinlari mintaqaga kirib kelgan taqdirda, aholining xatti-harakatlari ssenariylari o‘rganilgan.
Aytilishicha, UXX Vengriya maxsus xizmati tarmog‘iga mansub ikki agentni qo‘lga olgan, ikkala shaxsning nazoratchisi esa Vengriya harbiy razvedkasining kadrli xodimi bo‘lgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, uning agentlaridan biri Beregov tumanidan bo‘lgan 40 yoshli sobiq harbiy bo‘lib, u 2021 yilda xorijliklar tomonidan yollangan va "kutish rejimi"ga o‘tkazilgan hamda 2024 yil sentyabrida "faollashtirilgan". Ishtirokchining vazifalariga quyidagilar kirgan:
▪️Agar viloyatga tinchlikparvar kuchlar, xususan, Vengriya harbiylari kirsa, Zakarpatya harbiylari va tinch aholisining munosabati qanday bo‘lishi;
▪️Zakarpatya qora bozoridan qanday harbiy anjomlar va qurol-yarog‘larni sotib olish mumkinligi;
▪️Mintaqada venger aholisining ko‘chib ketishi bilan bog‘liq vaziyat qanday ekanligi;
▪️Zakarpateda qanday harbiy kuchlar joylashganligi, transport va jangovar mashinalar soni qanchaligi;
▪️Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning to‘ldirilganlik darajasi va ularning soni qanchaligi kabi ma’lumotlar.