Xitoy "Shinjonga yordam va hududni rivojlantirish" shiori ostida Sharqiy Turkistonning tabiiy boyliklarini o‘zlashtirish va majburiy mehnat markazlarini kengaytirishga qaratilgan 500 ta yirik loyihani amalga oshirmoqchi.
Ma’lum qilinishicha, Xitoy Sharqiy Turkistonda umumiy qiymati 3,47 trillion yuan bo‘lgan loyihalarni amalga oshirmoqchi.
Yillik rejaga ko‘ra, loyihalarga 406,9 milliard yuan mablag‘ yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 56 milliard yuanga ko‘pdir.
Shuningdek, 500 ta loyiha ichida 443 tasi suv resurslari, elektr tarmoqlari, neft va tabiiy gaz quvurlari, ko‘mirni qayta ishlash va boshqa tabiiy resurslar bilan bog‘liq.